Ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli
- Янгиликлар

Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyat Kengashi majlislar zalida 28-aprel “Butunjahon mehnatni muxofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan “Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli” mavzusidagi Davra suhbati hamda “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish” yuzasidan o‘tkazilgan viloyat ko‘rik–tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tabdirda bir qator hamkor tashkilotlar, jumladan, Namangan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat texnik inspektorlari, viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Respublika tez tibbiy yordam Namangan viloyat filiali vakillari, mehnatni muhofaza qilish sohasi bo‘yicha o‘quv markazlari rahbarlari, tarmoq kasaba uyushmalari viloyat kengashi raislari, mas’ul tashkilotchilari, birlashgan qo‘mita raislari, Kasaba uyushmalari viloyat Kengashining mas’ul xodimlari, tuman (shahar) kengashlari raislari, mehnat muxofazasi bo‘yicha vakillar, ko‘rik tanlov g‘oliblari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish” yuzasidan o‘tkazilgan Ko‘rik–tanlovning viloyat bosqichi g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.